Uorren Baffet 1958-yildan buyon bitta uyda yashab kelayotgani haqida ko‘p gapiriladi. Biroq, boshqa aksariyat milliarderlar biz xuddi xonaning lampochkasini almashtirganimizdek, o‘z uylarini o‘zgartirib turishadi.Bugungi kunda milliarderlar tomonidan sotuvga qo‘yilgan aksariyat ko‘chmas mulklar so‘nggi 5 yil ichida sotib olingan yoki qurilgan bo‘lib, ularning ba’zilarida hatto hech kim yashamagan ham. Rieltorlar bu holatni o‘zlarining nufuzli mijozlari doimo eng yaxshisiga intilib kelganliklari bilan izohlaydilar.Maykl Dell, Dell Computers (boyligi – 22,7 mlrd $)Nima sotyapti: umumiy maydoni 9000 kv.metrni tashkil etuvchi O‘rtayer dengizi uslublaridek qurilgan Meksikadagi villa 5 ta yotoqxona, 6 ta yuvinish xonalari va 4700 kv. metrdan iborat ayvondan iborat.Villaning derazalaridan Kaliforniya ko‘rfazi ko‘rinib turadi. Uy bilan birga lotin amerikalik vaBatafsil

SpaceX kosmik kompaniyasi rahbari raketa tashuvchilarini saqlashning “noodatiy” usuli haqidagi fikri bilan bo‘lishdi. Milliarder Ilon Mask shishirilgan sharlardan raketaning tashuvchi qismlarini qo‘ndirishda foydalanishni taklif etdi. “Bu ahmoqona eshitilishi mumkin, lekin SpaceX  raketaning orbitadan qaytadigan blokini yirik havo sharlari yordamida qaytarishga urinmoqda”, – deb yozadi u o‘zining Twitter’dagi sahifasida. Birinchi marta SpaceX o‘rtacha o‘g‘irlikdagi yuk ko‘taruvchi Falcon 9 raketasining 1-tashuvchisini 2015-yilda qo‘ndirgan edi. 2017-yildan buyon esa kompaniya bu qismlarni doimiy qo‘ndirishni davom ettirmoqda. 2018-yilning fevralida SpaceX Kanaveraldagi NASA markazidan o‘ta og‘ir Falcon Heavyraketasini ishga tushirdi. 3 ta raketa tashuvchilaridan 2 tasi yerga muvaffaqiyatli qaytib tushdi, Tesla Roadster raketasining o‘zi esa Mars orbitasiga yo‘l oldi. Unda qo‘g‘irchoq kosmonavt bo‘lgan. Falcon Heavy’ningBatafsil

MFS Investment Management direktorlar kengashining sobiq raisi, Massachusets texnologik institute qoshidagi biznes-maktab o‘qituvchisi, ish unumdorligini oshirish bo‘yicha kitoblar muallifi. Robert Pozen Yanada ko‘prog‘iga ulgurishni istasangiz quyidagi maslahatlarni hayotingizga joriy eting. Ish samaradorligini soatlarga qarab emas, natijaga qarab belgilang Biz ish kunimiz qanchalik unumli o‘tganini ishlagan soatlarimizga qarab baholaymiz. Bu yondashuv eskirgan. Uning o‘rniga mehnatingiz natijasiga qarang. “Soatlar qilingan ishning foydasini ko‘rsatmaydi, – deydi Pozen. – Siz biror marta 3 haftangizni yomon chiqqan maqolaga sarflaganmisiz? Yoki 3 kuni ichida yozgan materialingiz yaxshi chiqqan vaziyatlar ham bo‘lganmi? Qaysi holda vaqtimni samarali sarflaganman deya olasiz?” Ishingizni muhimligiga ko‘ra ajrating Bir hafta yoki bir yilga mo‘ljallagan aniq maqsadlaringiz bo‘lsa kerak. Ularni muhimligiBatafsil